
Tuman sanitariya va epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bòlimi mutahasislari tomonidan yuqumli kasalliklarga gumon qilingan bemorlar bòyicha epidemiologik surishtiruv ishlari olib borililib, kasallik profilaktikasi bòyicha kasallik óchoģida tushuntirish ishlari va yakunlovchi dezinfeksiya ishlari tashkil etilmoqda, yuqumli kasallik chiqgan hududlarda bemor bilan muloqotda bòlganlarni kuzatuv ostiga olish, kerakli tibbiy kòriklardan òtkazish bòyicha tuman DPM ga sanitariya kòrsatmalari (akt) berib borilmoqda. Aholi xonadonlariga kirib yuqumli kasalliklarni oldini olish, shaxsiy gigiena bòyicha tushuntirish olib borib, òz vaqtida tibbiy kòrikdan òtib turish, uy hayvonlarini belgilangan tartibda parvarishlash kabi mavzularda eslatmalar berilmoqda ishlar hozirda davom ettirilmoqda.