Boysun tumanida oʻtkir yuqumli kasalliklarni erta aniqlash maqsadida kunlik xonadonlarda patronajlar hamda Sanepid qoʻmita Boysun tuman xodimlari tomonidan yuqumli kasalliklarni oldini olish, emlashni ahamiyati tibbiyot xodimlari tomonidan oʻrganish ishlari olib borilmoqda.
Tana harorati koʻtarilgan va terisiga toshma toshganlar boʻyicha alohida oʻrganish ishlari yoʻlga qoʻyilgan.
Tuman tibbiyot birlashmasi KTMP ning xodimlari oʻrtacha 125-130 ta kunlik xonadonlarga kirib oʻrganish ishlarini olib borishmoqda. Tadbirda 22-25 ta xodim jalb qilinmoqda. Hozirda Qizamiqqa gumon qilinganlar aniqlanmadi.
Sanepidqo‘mita Surxondaryo viloyat boshqarmasi Boysun tuman boʻlimi OAV va jamoatchilik bilan ishlash bo‘limi.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring!
Veb sayt:https://boysunseo.uz
Telegram:https://t.me/boysunsanepid