Surxondaryo viloyat Boysun tumanidagi Gaza, Toqchi, Ariq usti Chorchinor maxallalarida yashovchi bolalardan virusli gepatit A kasalligiga gumon qilinganligi sababli epidemiologik surishtiruv ishlari olib borildi hamda ushbu xonadonlarda yakunlovchi dezinfeksiya tadbirlari olib borilib laboratoriya tekshiruvi uchun sinamalar olindi. Aholi o’rtasida kasallikning tarqalib ketishini oldini olish maqsadida mahalla tibbiyot xodimlariga epidemiologik ko’rsatma va tavsiyalar berildi. Xonadondagilarga kasallikni boshqalarga yuqmasligi uchun 35 kunlik kuzatuv tashkil etilishi hamda kerakli laboratoriya tahlillarini topshirib, yuqumli kasalliklar vrachiga ko’rinishlari bo’yicha tavsiyalar berildi. Yaqin atrofdagi xonadonlarga kirib shaxsiy gigienaga rioya qilish, virusli gepatit a kasalligiga qarshi bolalarni emlatish tog’risida tushuntirish ishlari olib borildi va xonadonlarga eslatmalar berildi. Hozirda targ’ibot ishlari davom ettirilmoqda!
Sanepidqo‘mita Surxondaryo viloyat boshqarmasi Boysun tuman boʻlimi OAV va jamoatchilik bilan ishlash bo‘limi.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring!
Veb sayt:https://boysunseo.uz
Telegram:https://t.me/boysunsanepid