SАNITАRIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTАLIK VА JАMOАT SАLOMАTLIGI QO’MITASI SURXONDАRYO VILOYAT BOSHQARMASI BOYSUN TUMАN BÒLIMI XODIMLARI TOMONIDAN tumandagi mahallalarda, korxona va tashkilotlarda aholi òrtasida olib borilayotgan tarģibot ishlari bòyicha berilayotgan
ESLATMA
✅Yashab turgan uy joylaringizni toza va ozoda saqlang , uyingizdagi daraxtlarga shakl bering.
✅Uydan chiqgan chiqindilarni har xil joylarga tashlamasdan, belgilangan va kelishilgan hamda ko‘rsatilgan nuqtalarda yig‘ilishini tashkillashtiring chiqindi idishlarini tozalab turing.
✅Shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qiling: bular sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, qaynatilgan suv ichish, qo‘llarni doimiy sovunlab yuvish, har bir inson o‘zi uchun sovun, sochiq, tish pastasi va cho‘tkasini tashkil etib ertalab va kechqurun tishlarni yuvishni tashkil etish.
✅Kiyiladigan kiyimlarni yuvilganidan so‘ng dazmollab kiyilishga odat qiling.
✅Oziq ovqat mahsulotlarini, mevalarni qaynoq suvda yuvib so‘ng po‘chog‘ini olish keyin istemol qilish maqsadga muofiq. Har xil qo‘l bola konserva mahsulotlarini tayyorlamang sotib olmang va istemol qilmang. Shubhali sifatsiz, yaroqlilik muddati o‘tgan, saqlash sharoitlariga rioya qilinmagan, shubxali, ishlab chiqarish sanasi, manzili ko‘rsatilmagan oziq ovqat mahsulotlarini sotib olmang!
✅Sport bilan shug‘ullaning, o‘z vaqtida ovqatlaning va o‘z vaqtida dam olish (madaniy xordiq)ni hamda aqliy chiniqish (bilim olish yani kitob o‘qish)ni unutmang.
✅Uyingizdagi it, mushuk va uy hayvonlarini veterinariya qoidalariga binoan saqlang, o‘z vaqtida kasalliklarga qarshi emlating, molxona va uy joylaringizda dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizasiya (kana, kalamush, sichqon va boshqalarga qarshi kurashish) ishlarini tashkillashtiring, kana, kalamush, sichqon va boshqalarni qo‘l bilan ushlamang turli kasalliklarni yuqtirib olish havfi bor.
✅Mahallangizda turli dayti it va mushuklar va boshqalar (yovvoyi hayvonlar) bo‘lsa tumandagi obodonlashtirish bo‘limiga murojat qiling.
Yashillikga intiling Daraxtlarni kesman. Daraxt eking, parvarish qiling ona tabiatni asrab, tozza havodan kisloroddan bahramand bo’ling!
Oziq ovqat mahsulotlarini sotib olishda yaroqlilik muddatiga va saqlash sharoitiga etibor bering, shubhali va muddati o’tgan mahsulotlarni sotib olmang hamda istemol qilmang!
Mevalarni yuvib istemol qiling!
Kompyuter, Telefondan maqsadli foydalaning! Ko’zlaringizni asrang!
✅Farzandlaringizga emlash kalendarida kòrsatilgan boshqariladigan yuqumli kasalliklar bòyicha òz vaqtida profilaktik emlashlarni olishni unutmang, emlashlar mutlaqo xavfsiz va bepul!
✅Boshqa profilaktik emlash kalendariga kiritilmagan (VGA-sariq kasalligi uchun, mavsumiy Gripp) vaksinalarni ham olishni unutmang zero kasallikni oldini olish o‘z qo‘lingizda!
✅Atrofdagilar va o‘z sog‘lig‘ingizga befarq bo‘lmang, kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha o‘z tibbiy madaniyatingiz (televideniya, gazeta, tibbiy kitoblar, risola va eslatmalar, rasmiy internet kanallari, botlar hamda telegram kanallari orqali bilimlaringiz) ni oshiring, kitob mutoala qiling.
Yiliga kamida 1 marta tibbiy ko‘rikdan o‘ting va kasallik oldini oling unutmangki kasallikni davolagandan ko‘ra uni oldini olish osonroq hamda samaraliroqdir.
Sanepidqo‘mita Surxondaryo viloyat boshqarmasi Boysun tuman Seovajsb OAV va jamoatchilik bilan ishlash bo‘limi.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring!
Veb sayt:https://boysunseo.uz
Telegram:https://t.me/boysunsanepid Sog‘lik yo‘lida befarq bo‘lmang aziz vatandosh! BOYSUN TUMAN SEOvaJSB jamoatchilik bòlimi!